Xitoydan 800ta Yutong avtobuslari olib kelindi

    Transport 3 Mart 2023 955

    Ularning 300 tasi — elektrda harakatlanadi. Tez orada avtobuslar Toshkent koʻchalariga chiqariladi.

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida jamoat transporti mutlaqo oʻzgarishi haqida aytgan edi.

    “Toshkent shahri uchun qoʻshimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi. Bu orqali har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi”, — degan edi davlat rahbari.

    Kecha Xitoydan 800ta Yutong avtobuslari olib kelindi. Ularning 300tasi — elektrda harakatlanadi. Ular tez orada Toshkent koʻchalariga chiqariladi.