Xitoyning «Jenmin jibao» gazetasining tarqatgan xabariga koʻra, 50 ta vagondan tashkil topgan tarkib 30 million yuanga teng tibbiy vositalar, velosiped, avto ehtiyot qismlari, sanoat jihozlari detallari va boshqa xil yuklar bilan toʻldirilgan.

Poyezd Xorgos nazorat oʻtish joyidan chegaradan oʻtib, Toshkentga yoʻl oladi. 12 kundan keyin poyezdning Toshkent shahriga kirib kelishi kutiladi. Bu Shiszyachjuan shahridagi Ibo aqlli portidan joʻnatilgan 64- Xitoy- Yevropa (Markaziy Osiyo) poyezdi.

Mazkur aqlli portdan muntazam reyslar yoʻlga qoʻyilishi bilan Shiszyachjuandan har oyda kamida 12 ta doimiy Xitoy- Yevropa (Markaziy Osiyo) poyezdi qatnay boshlaydi. Har bir yoʻnalish uchun 4tadan kam boʻlmagan poyezd qatnovi rejalashtirilgan deb xabar beradi Review.uz