Delegatsiya tarkibidan Xitoyning raqamli fil`mlar ko'rgazma kompaniyasi bosh direktori, prodyuser Yang Xongtao, Xitoy kinoprokat korporatsiyasining prokat departamenti direktori o'rinbosari Li Yue va Xitoy kinokorporatsiyasi xalqaro bo'limi boshlig'i Liu Fang joy olgan.
Kinofestival davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkita fil`m namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bular katta byudjetli fantastik janrli “Sargardon er-2” fil`mi va “Hayot ipi” dramasidir.