Ular sayyoradagi eng baland tog' cho'qqisi joylashgan Himoloy tog' tizimida sodir bo'layotgan jarayonlarning kompyuter modelini ishlab chiqishdi. Nature Geoscience jurnalida chop etilgan tadqiqot tog'ning o'sishi tog' daryolari irmog'larining o'zgarishi bilan bog'liq. Shu tufayli so'nggi 89 ming yil ichida tog' 15-50 metrga o'sdi.
Olimlar taxminan 90 ming yil oldin Himoloy tog'larini kesib o'tuvchi Nepaldagi eng katta daryo – Arunning irmog'larida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lganligini aniqlashdi. Natijada daryo Gangning eng yirik irmoqlaridan biri bo'lgan Kosi daryosining keng tizimiga qo'shildi. Bu jarayon yuqorida qolgan irmoqlarning qurishiga va eroziyaga olib keladi, chunki birlashgan oqimlar ko'proq suv olib yuradi va ko'proq toshlar va cho'kindilarni harakatga keltiradi. Bu, o'z navbatida, atrofdagi yerlarning, jumladan, tog'larning ko'tarilishiga olib keladi deb xabar beradi kommersant.ru.
Olimlarning fikriga ko'ra, Everest yiliga 0,16-0,53 millimetrga “o'yapti”. Endi uning balandligi 8849 metr. Shunga o'xshash jarayonlar qo'shni Lxotsze va Makalu cho'qqilariga ta'sir qiladi. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, o'sish jarayoni cheksiz davom etmaydi. “Bu daryo tizimi yangi muvozanat holatiga kelguniga qadar davom etadi”, deb ta'kidlaydi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Szingen Day.