Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xitoy “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd.” kompaniyasi prezidenti Syuyejun Lin boshchiligidagi guruh bilan muloqot ham tashkil etilib, unda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olish, uni nazorat qilish va davolash ishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.

Xitoylik shifokorlar guruhi Toshkent shahrida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bemorlarni davolash ishlarida ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazidagi Maxsus shtabda xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda yurtimizning barcha hududlaridagi holati ogʻir bemorlarni davolash yuzasidan telemeditsina orqali konsilium oʻtkazildi. Shuningdek, xitoylik mutaxassislar shifokorlarimiz bilan yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qoʻllanilayotgan protokol boʻyicha ham fikr almashishdi hamda oʻz tajribalaridan kelib chiqib, zarur tavsiyalarni berishdi.