Xitoylik mehmonlar Navoiy viloyati hududida birinchi yilning oʻzida 10 ming tonnagacha baliq sanoati uchun zarur boʻlgan yem mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan zavod hamda Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl suv havzasida besh ming tonna baliq oʻstirish sharoiti boʻlgan baliqchilik fermasini qurishga qiziqish bildirishdi.

Mehmonlar tomonidan bu ikki loyiha kelajakda Navoiy viloyatining baliqchilik sanoatida yetakchi oʻrinlarga chiqara olishga umid qilishlarini va bu borada Navoiy sharoiti hamda hokimliklarning oʻrni alohida ekanligi eʼtirof etildi.

“Youkang Agriculture” korxonasi rahbariyati shu kunning oʻzida Navoiy viloyatida “xorijiy korxona” sifatida roʻyxatdan oʻtishini bildirishdi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, “Youkang Agriculture” korxonasi 2010-yil Xitoyning Fuszyan provinsiyasida tashkil topgan.