Xitoylik tadqiqotchi dissertatsiyasini oʻzbek tilida himoya qildi

    Fan 7 Iyul 2023 2028

    Xitoylik tadqiqotchi Da Zhenxin oʻzbek tilini 6 yil davomida oʻrgandi.

    Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universitetida 6 yil davomida oʻzbek tilini oʻrganib, ilmiy izlanish olib borgan xitoylik tadqiqotchi Da Zhenxin “Oʻzbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini oʻzbek tilida himoya qildi.

    Da Zhenxin ilmiy ishini yozish jarayonida oʻzbekcha-xitoycha lugʻat tayyorladi.

    Lugʻat oʻzbek tilini oʻrganmoqchi boʻlgan xitoylik va xitoy tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar, tarjimonlar uchun juda katta manba sifatida eʼtirof etildi.

    U sentyabr oyidan boshlab, Xitoyning mashhur Shanxay chet tillari universitetida talabalarga oʻzbek tilidan dars beradi, oʻzbek tili, madaniyati va adabiyotining Xitoydagi faol targʻibotchisi va vakili boʻladi.