Unda ikki mamlakat aloqalari, xususan, parlamentlararo hamkorlik, taʼlim, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga kuni kecha respublikamizda boʻlib oʻtgan Prezident saylovi xususida soʻz bordi.
Oʻz navbatida, Sun Si saylov demokratik tamoyillar, xalqaro huquqiy-normativ talablar doirasida ochiq va shaffof oʻtganini taʼkidladi.
Shuningdek, xalqaro kuzatuvchiga soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar xususidan maʼlumot berildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.