2023-yilning oxirgi choragida BYD 525 409 ta elektromobil sotgan. Tesla shu davrda 484 507 ta mashina sotgan. Bu Xitoyning “yashil” avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida kuchayib borayotganini ko'rsatadi.
Shunga qaramay, Amerikaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi umumiy yillik sotish hajmi bo'yicha yetakchi bo'lib qolmoqda va savdo sur'atlarini oshirishda davom etmoqda. O'tgan yilning oktabr va dekabr oylari orasida uning sotuvi Uoll-Strit tahlilchilari bashorat qilganidan 20 foizga oshdi. Hammasi bo'lib Tesla 2023-yilda o'z mijozlariga bir million sakkiz yuz mingta elektromobil yetkazib berdi, deb xabar beradi ru.euronews.com.