Xitoyning CEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Moliya 19 Avgust 2024 402

    Markaziy bankda Xitoy elektronika korporatsiyasi (China Electronics Corporation, CEC) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda davlat tasarrufidagi CEC korporatsiyasining faoliyati hamda ustuvor mutaxassisliklari haqida maʼlumot berildi. Shu oʻrinda Markaziy bank tomonidan mamlakatdagi raqamlashtirish, kiberxavfsizlik va toʻlov tizimlarining joriy holati va istiqbollari haqida maʼlumot berildi.

    Muloqot yakunida tomonlar kelgusida mazkur masalalar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.