Xitoyning Sichuan provinsiyasi markazi – Chendu shahrida “Fargʻona savdo uyi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Nuriddin Mamajonov va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Azimjon Yuldashev ishtirok etdi.
Ushbu savdo uyida Fargʻona viloyatidan keltirilgan turli xil mahsulotlar Xitoy tadbirkorlariga tanishtiriladi va sotuv boʻyicha muzokaralar olib boriladi.
Ochilish marosimida ishtirok etgan vakillar ushbu savdo uyining rivoji Chendu va Fargʻonaning birodarligini kuchaytirishga mustahkam povdevor boʻlishini taʼkidladi.