Xitoyning HICHAIN kompaniyasi Oʻzbekistonda logistika markazlarini ochadi

    Biznes 21 Noyabr 2023 1318

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Guanchjou shahridagi “Conrad Guangzhou” mehmonxonasida Oʻzbekiston-Xitoy biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

    Biznes forumda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning “Hichain Supply Chain” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Andijon, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi logistika markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etildi.

    Tomonlar ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tegishli memorandumni imzoladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.