Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu konteyner blok poyezdi Qozogʻistonning Altinkol stansiyasi orqali Nazarbek stansiyasiga yetib keldi. 50 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi umumiy 6250 km masofani 12 kunda bosib oʻtdi.
Oʻz ichiga yigʻma yuklar va ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalarni olgan konteynerlar Nazarbek stansiyasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli fiting platformalarda ekspress konteyner blok poyezdlariga yuklangan holda Urganch stansiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Eʼtiborli tomoni shundaki ushbu tashuvlar Nazarbek-Urganch yoʻnalishida ichki tashuvlarning birinchi ekspress poyezdi hisoblanadi, deyiladi xabarda.