Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi havo qatnovlarini koʻpaytirish niyati “Uzbekistan Airports” rahbariyati va aviakompaniya vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Shuningdek, muzokaralar chogʻida ikki davlat oʻrtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda “Loong Air” aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu — Toshkent va Sian — Toshkent yoʻnalishlarida muntazam yoʻlovchi qatnovlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelyapti, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
“Loong Air” — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi boʻlib, yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlarini koʻrsatadi.