баннер
12 Apr 2025
20:30

    Xitoyning “SF Airlines” aviakompaniyasi Toshkentga yuk tashishni yoʻlga qoʻydi

    2025-yil 2-aprelda Xitoyning “SF Airlines” aviakompaniyasi Lanchjou — Toshkent — Lanchjou yoʻnalishi boʻyicha ilk yuk reysini amalga oshirdi.

    Boeing 757 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 10:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi va anʼanaga koʻra suv arkasi bilan kutib olindi.

    Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning sonini koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.

    “SF Airlines” aviakompaniyasi Shenchjen shahrida (Xitoyning Guandun viloyati) joylashgan boʻlib, Xitoyning yetakchi yuk tashuvchi aviakompaniyasi hisoblanadi. U 2005-yilda tashkil etilgan va mamlakatdagi yirik logistika xoldinglaridan biri — SF Holding Company Limited tarkibiga kiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech