Murojaatda keltirilishicha, 2022-yili Xitoyda oʻtadigan qishki olimpiya oʻyinlarining test-soʻrov musobaqalaridan boshqa barcha turnir, chempionat tizimidagi sport tadbirlari bekor qilinadi.
Ushbu xabarning eʼlon qilinishi bilan xalqaro ayollar tennis assotsiatsiyasi ijrochi direktori Stiv Saymon New York Times muxbiriga bergan intervyusida “Xitoyda ayollar tennisi boʻyicha sentyabr-noyabr oylarida oʻtkazilishi lozim boʻlgan WTA Tour tasnifidagi 6 ta, erkaklar oʻrtasidagi ATP tasnifidagi yana bir nechta turnirlarning bekor qilinishi tennisning xalqaro moliyaviy reytingiga katta zarba boʻlishishi”ni bildirib, Xitoy hukumati mamlakat sport boshqaruvining taklifini qabul qilmasligidan umidvorligini yashirmagan.
Xitoyda sport musobaqalarining bekor qilinishi yil yakunigacha belgilangan bir qator sport turlari boʻyicha qitʼa va jahon chempionatlarining oʻtkazilmasligiga olib keladi. Shuningdek, ayrim xalqaro sport federatsiyalari tomonidan rejalashtirilayotgan olimpiya saralash turnirlarining taqdirini ham savol ostida qoldirmoqda.
Toʻlqin ROʻZIYEV.