Joriy yilning 29-iyunidan 3-iyuligacha boʻlgan davrda togʻlarda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyati togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha Soʻx, Fargʻona tumanlarida va Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.