Ushbu korxonada 1 oyda 15 ming dona shlaka blok mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, oʻz faoliyatini uch oy oldin yoʻlga qoʻygan. Tadbirkor bilan olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida qonuniy tadbirkorlik faoliyatining afzalliklari, soliq imtiyozlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Natijada, tadbirkor ortiqcha ovoragarchiliklarsiz shu yerning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, 5 nafar ishchining rasman ish bilan bandligi taʼminlandi.
Xuddi shunday profilaktik suhbat Xiva shahrida yashovchi Bikajon Iskandarova xonadonida ham tashkil etildi. Bu yerda tikuvchilik sexi tashkil etilgan boʻlib, chevar ayol shogirdlari bilan birga milliy va zamonaviy liboslar tikishni yaxshi yoʻlga qoʻygan. Departament xodimlari tomonidan tikuvchi ayolning faoliyati oʻrganildi va mavjud kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilib, shu kunning oʻzida qonuniy yechim topildi.