Xivada 2,5 tonna paxta yonib ketdi

    Yong'in natijasida 11 ta paxta g'aramining yuza qismida taxminan 2500 kg paxta yongan va yong'indan 2 ta paxta g'arami saqlab qolingan.

    Kecha, 30 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi paxta qabul qilish va uni qayta ishlash zavodida yong'in chiqdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berdi.Qayd etilishicha, soat 17:07 da Xiva tumani “Sapcha” MFYda joylashgan paxta qabul qilish va paxtani qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g'aramining ustki qismida yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida tuman FVBga xabar tushgan. Shunga ko'ra, hodisa joyiga 14 ta yong'in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinalari jalb qilingan.

    Yong'in 18:03 da o'rab olinib, 19:20 da o'chirilgan. Voqea joyiga viloyat hokimining o'rinbosari, viloyat FVB boshlig'i va mas'ul xodimlar chiqqan.

    Yong'in natijasida 11 ta paxta g'aramining yuza qismida taxminan 2500 kg paxta yongan va yong'indan 2 ta paxta g'arami saqlab qolingan. Hozirda yong'in sababi va zarari aniqlanmoqda.