баннер
27 Mar 2025
12:48

    Xivada II “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tmoqda

    Ayni kunlarda Xorazmning Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtmoqda.

    27-aprel kuni Xivaning “Ichan qalʼa” majmuasida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

    “Xorazm lazgi raqsi” sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, raqs sanʼati orqali xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Prezidentining PQ-4843-son qarori bilan 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida oʻtkazilishi belgilangan.

    2024-yilda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan II “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga dunyoning 33 (32 ta xorijiy+Oʻzbekiston) davlatidan (Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Koreya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va Oʻzbekiston davlatlari oflayn hamda AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Rossiya, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston va Italiya davlatlaridan onlayn tartibda) 200 dan ziyod isteʼdodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etishmoqda.

    Alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston nomidan ishtirok etish uchun Oʻzbekiston boʻylab 2024-yilning I choragi davomida Madaniyat vazirligi tomonidan “Lazgi” xalqaro raqs festivali koʻrik-tanlovi oʻtkazilib, unda respublika bosqichi gʻoliblari

    (3 ta (50 nafar atrofida) ashula va raqs ansambli va 3 nafar yakkaxon ijrochilar) Xalqaro festivalda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishadi.

    (Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Oʻzbekiston nomidan ishtirok etish uchun Madaniyat vazirligi “Lazgi” xalqaro raqs festivali respublika tanlovini eʼlon qilgan edi. Koʻrik — tanlov yakunlariga koʻra gʻoliblari quyidagicha saralab olinib, yoʻllanma berilgan.

    Yakkaxon ijrochilar yoʻnalishi:

    1-oʻrin Oksana Davletova (Xorazm viloyati)

    2-oʻrin Fotima Narzullayeva (Toshkent shahri)

    3-oʻrin Islom Haydarov (Toshkent shahri)

    Jamoaviy ijrochilar yoʻnalishi:

    1-oʻrin Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli;

    2-oʻrin Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati raqs ansambli;

    3-oʻrin “Buxoro mavjlari” ansambli.)

    Festivalda tanlov ishtirokchilari chiqishlarini baholab borish boʻyicha xalqaro hakamlar hayʼati tarkibi shakllantirilgan boʻlib, unda 5 ta (Fransiya, Misr, Braziliya, Koreya, Qozogʻiston) xorijiy davlatdan hamda Oʻzbekiston (2 nafar) dan hakamlik qilishmoqda.

    Shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, Tojikiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Yaponiya, Braziliya, Fransiya, Misr Arab Respublikasi vakillari festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishmoqda.

    27-aprel kuni xorijiy va mahalliy raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar va faxriy mehmonlar ishtirokida “Xorazm «Lazgi” raqsi: Madaniy diplomatiyani rivojlantirishning ilmiy – nazariy, maʼnaviy – maʼrifiy tamoyillari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

    Konferensiyada Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Koreya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va Oʻzbekiston davlatlari oflayn hamda AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Rossiya, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston va Italiya davlatlaridan onlayn tartibda ishtirokchilar ishtirok etmoqda.

    26-29-aprel kunlari festival doirasida raqs tanlovi oʻtkazilmoqda, unda xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ijodiy bellashishmoqda.

    II “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida xorijlik mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuv va mahorat darslari, konsert tomoshalari va “Xorazm lazgi raqsi” sanʼatiga oid koʻrgazmalar tashkil etilgan.

    29-aprel kuni festivalning tantanali yopilish va gʻoliblarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

    “Gran-Pri” mukofoti — 7 000 AQSH dollarini tashkil etdi. 1-2-3- oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yoʻnalishda 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) boʻyicha 5 000, 3000, 2000 AQSH dollaridan mukofotlanadi.

    Maʼlumot uchun:

    2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod isteʼdodli raqqosalar, professional raqs jamoalar, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech