Unda yurtimizda rasmiy faoliyat yuritayotgan 16 ta diniy konfessiya vakillari ishtirok etdi.
Kengash 2004-yilda tashkil etilgan boʻlib, 2018-yildan boshlab uning tarkibi kengaydi. Bugungi kunda kengash tarkibiga barcha diniy konfessiyalar vakillari kiritilgan boʻlib, aʼzolar soni 17 nafarga yetgan.
Yigʻilishda ilk bor Kengash aʼzolari bilan bir qatorda Respublika parlamenti, vazirlik va idoralar hamda turli tashkilot vakillari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, unda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori oʻrinbosari Firdavs Halimov ham qatnashdi.
Kengash respublikadagi barcha diniy konfessiyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maslahat organi boʻlib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— davlat, diniy konfessiyalar va turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar oʻrtasida doimiy va samarali muloqotni oʻrnatib borish;
— mamlakatdagi barcha diniy konfessiyalarning orasida oʻzaro hurmat va ijtimoiy totuvlikni yanada mustahkamlash;
— jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar aholi oʻrtasida oʻzaro tushunish va diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib qilish;
— fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash, konfessiyalararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga koʻmaklashish.
Soʻnggi yillarda Kengash yigʻilishlari mamlakatning turli hududlarida sayyor shaklda oʻtkazilmoqda. Bu esa konfessiyalar oʻrtasida samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish va jamiyatda hamjihatlikni kuchaytirishda muhim qadam boʻlmoqda.
Hamkorlik materiali