Xivada shu hafta xalqaro etnosport festivali o'tkaziladi

    7-10 sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal'a” majmuasida Xalqaro etnosport festivali bo'lib o'tadi.

    Tadbir davomida o'zbek milliy madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlari ko'rgazmasi, xalq o'yinlarini o'zida jamlagan chiqishlar, bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish, mas-restling va o'zbek jang san'ati bo'yicha jahon chempionatlari, belbog'li kurash bo'yicha xalqaro turnirlar o'tkaziladi.

    Bo'lajak festivalda 1 ming 884 nafar ishtirokchi qatnashadi. Bu raqamlarning deyarli yarmi xorijliklarning hissasiga to'g'ri kelishi unga bo'lgan qiziqish doirasi katta ekanidan dalolat beradi.