Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al Sabaxning taʼkidlashicha, “2022-yilgi XIX Osiyo oʻyinlarining musiqasi nafaqat Xitoy, balki butun qitʼa xalqlarining tillarida jaranglashi va dunyo ahlining eng sevimli qoʻshiq-kuyi boʻlib qolmogʻi lozim”.
Oʻtgan Osiyo oʻyinlarida jaranglagan musiqiy tuplamlar mundarajasiga eʼtibor qaratilsa, 2006-yili Doxa oʻtgan qitʼa oʻyinlarida gonkonglik iteʼdodli musiqachi Jeki Chungning “Xozir birgamiz” kuy-qoʻshigʻi yangragan boʻlsa, 2010-yili Guanchjo(Xitoy) shahridagi oʻyinlarda esa 1600 nomzod orasida Xitoyning Reunion" (Chongfeng) gruppasi oʻz musiqiy albomi bilan gʻolib chiqqandi. 2014-yili J. Koreyaning Inchon shahrida oʻtgan Osiyo oʻyinlarida koreyalik “JYJ Yaponiyada” gruppasi oʻzining mashhur "Only One", musiqasi bilan bunday sharafga loyiq koʻrilgandi. 2018-yili Indoneziyada oʻtkazilgan XVIII Osiyo oʻyinlarida esa indoneziyalik “Beyonse” qizlar musiqiy gruppasi oʻyinlarning rasmiy kompozitsiyasini ijro etishgandi.
Tashkiliy qoʻmita aʼzolarining bildirishicha, bu yilgi oʻyinlarning musiqiy jamlanmasi tom maʼnoda qitʼaning barcha mamlakatlari va xzalqlarini qamrab olmogʻi lozim.
Aytish lozimki, ushbu yozgi Osiyo oʻyinlari 2022-yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtadi. XIX Osiyo oʻyinining bosh musiqiy kompazitsiyasiga daʼvogarlarning ariza va albomlari oʻrtasidagi tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 30-noyabrigacha boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda Osiyo olimpiya kengashining rasmiy sayti.
Toʻlqin ROʻZIYEV.