Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Azizbek Karimov 3-yil davomida “Malik Muslim Mega Stroy” qurilish korxonasida haydovchi boʻlib ishlab kelgan. U 2024-yilning 10-may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida xizmat safarida boʻlgan vaqtida avtohalokatga uchrab, 42 yoshida hayotdan koʻz yumgan.
Shundan soʻng Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi koʻmagida uning oila-aʼzolariga 75 million soʻm undirib berildi.