Аmmo kelishilgan vaqtdan 50-60 kun oʼtgan boʼlsa-da, na eshikdan, na toʼlangan mablagʼidan darak boʼlmagan, ustaning telefonlari “javob bermagan”.

Shundan soʼng fuqaro umid bilan Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib amaliy yordam berishlarini iltimos qilgan.

Murojaat Karmana tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʼrganilib, ustaxona ishchisi B.Qodirov bilan suhbat olib borildi, oʼrganishlar jarayonida fuqaroning shikoyatlari oʼz tasdigʼini topdi.

Ustaga fuqaroning isteʼmolchi sifatidagi qonuniy huquqlari, xizmat koʼrsatuvchining esa majburiyatlari toʼgʼrisida amaldagi qonunchilik talablari toʼgʼrisida batafsil tushutirildi.

Natijada, fuqaroga sifatli xomashyodan eshik yasalib, xizmat koʼrsatuvchi tomonidan xonadoniga oʼrnatib berildi.

Bu kabi holatlar kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadi. Shu oʼrinda tadbirkorlarimizga, maslahat sifatida shuni eslatib oʼtmoqchimiz: xizmat oʼz vaqtida va sifatli boʼlsin, zero isteʼmolchi bu uchun pul toʼlaydi – mablagʼ sarflaydi.

Yana shuni ham yoddan chiqarmaslik lozim: isteʼmolchi hamisha haq boʼladi.

Fuqarolarning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari qonun bilan kafolatlangan!