Xizmat vaqtida halok boʻlgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

    Harbiy 8 Iyul 2025 966

    Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan vaqtda halok boʻlgan, Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashdi.

    Qayd etilishicha, viloyat rahbari marhumning onasiga hamdardligini bildirib, uning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtirof etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Abdurasul Abduvaliyevga vafotidan soʻng berilgan “Jasorat” medali oila aʼzolariga topshirildi.

    Uchrashuv davomida qahramonning yuksak fazilatlari, xizmat davridagi shijoati va mardligi yodga olindi.