Maʼlum qilinishicha, ichki ishlar organlari safidan bir necha oy avval boʻshatilgan Qoʻriqlash boshqarmasi sobiq xodimi xizmatga qayta tiklanish maqsadida oʻz hamkasbidan yordam soʻragan. Hamkasbi esa goʻyoki yuqori turuvchi idoralardagi tanishlari orqali masalani hal qilib berishini aytib, buning evaziga 10 000 AQSH dollari talab qilgan.

Sobiq xodim mazkur noqonuniy taklif yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasiga murojaat qilgan.

Murojaat asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir chogʻida gumonlanuvchi Bekobod shahrida joylashgan oshxonalardan biri yonida pul mablagʻlarini qabul qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan qonuniy tartibda protsessual choralar koʻrilmoqda.