Xoʼjaobod va Oltiariq tumanlarida firibgarlar tomonidan yer sotish holatlari aniqlandi

    Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Xoʼjaobod tuman boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.M. boshqa bir fuqaro Oʼ.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tumandagi “Manak” MFY hududidan baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʼjaligini tashkil qilish maqsadida 35 gektar yer maydonini ajratib berish evaziga 7 000 АQSh dollari va 33 mln soʼmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Oltiariq tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.M. fuqaro А.ning ishonchiga kirib, unga turmush oʼrtogʼi M. rahbarligidagi “M.S.” fermer xoʼjaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini uzum bogʼi barpo etish uchun ajratib berish evaziga 8 000 АQSh dollarini qoʼlga kiritganligi aniqlanib, shundan oʼz aybiga iqror boʼlib qaytargan 5 000 АQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qoʼyilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.