Maʼlum boʻlishicha, ikki nabirasi bilan birga ijarada yashayotgan fuqaro A.J. uyini isitish maqsadida qoʻlbola isitish pechi moʻrisini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlab, ushbu pechni boshqa xonaga koʻchirgan. Soʻng uni moʻrisiz holda gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulagan.
Oqibatda xonadon aʼzolari gaz yonishi natijasida hosil boʻlgan tutun, yaʼni is gazidan kuchli zaharlangan A.J. hamda uning nabiralari — 2011-yilda tugʻilgan A.S. (8-sinf oʻquvchisi) va 2015-yilda tugʻilgan A.Q. (4-sinf oʻquvchisi) hodisa joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda mazkur hodisa yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, masʼul shaxslarga nisbatan bir qator xizmat tekshiruvlari boshlangan.
Qayd etilishicha, Xoʻjayli tumani hokimligi tomonidan marhumlar oilasiga ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda. Olib borilayotgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali qoʻshimcha maʼlumot beriladi.








