Unga koʻra, xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

2025-yildan boshlab har yili:

  • xokkey sport turi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazib boriladi;
  • “Sport faoliyati” (xokkey)» bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari koʻriladi.

Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3-yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.

Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.