Xokkeychilarimiz yirik hisobda zafar quchdi

    Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozogʻiston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi oʻyinini oʻtkazdi.

    Kecha xokkeychilarimiz Pro Hokei Ligasyʻdagi oltinchi uchrashuvini oʻtkazdi. “Beybaris”ga qarshi oʻtgan match 5:2 hisobida bizning foydamizga yakunlandi.

    “Humo” Atirauning “Beybaris” jamoasi bilan dastlabki oʻyinda 4:7 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Bugungi gʻalabadan soʻng “Humo” hisobida olti ochko mavjud. Xokkeychilarimiz turnir jadvalining oltinchi pogʻonasidan oʻrin oldi. “Beybaris” esa ushbu magʻlubiyatdan soʻng uchinchi pogʻonaga tushib qoldi.

    “Humo” Qozogʻiston ochiq chempionati doirasidagi navbatdagi oʻyinini 29-sentyabr kuni “Aqtobe” jamoasiga qarshi safarda oʻtkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.