Har bir raundi 2 daqiqalik 8 raunddan iborat jang koʻpchilikda qiziqish uygʻotishi tabiiy.

Xolifild 2011-yilda oxirgi marta Brayan Nelsonni nokautga uchratgach, faoliyatini yakunlagan edi. U Mayk Taysonga qarshi koʻrgazmali jangda ringga chiqish boʻyicha muzokaralar olib borgan, ammo Mayk Tayson Roy Jons bilan jang qilgan.

Mak Braydning eng yorqin bahsi 2005-yilda Mayk Tayson ustidan 6-raundda muddatidan oldin erishgan gʻalabasidir. U 2011-yilda Marius Uashdan magʻlubiyatga uchragach faoliyatini yakunlagandi.