O‘z gipotezalarini sinab ko‘rish uchun olimlar tadqiqot ishtirokchilariga shakar miqdori past bo‘lgan apelsin sharbatini berishdi. Ishtirokchilar sharbatni turli sharoitlarda ichishdi.
Birinchi eksperiment qizil dekoratsiyali, yuqori chastotali shovqin va issiq xonada o‘tkazildi. Ikkinchi eksperiment esa past chastotali fonda bo‘lgan salqin yashil maydonda bo‘ldi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki shovqin, qizil dekoratsiyali xonada sharbat tinch bo‘lgan maydonga qaraganda tajriba ishtirokchilariga shirinroq bo‘lib tuyuldi. Mutaxassislar shuni inobatga olgan holda, muhitni o‘zgartirish, ovqatlanish va ichishda, shakarni kamroq isteʼmol qilishga olib keladi, degan xulosaga keldi.