Maʼlum boʻlishicha, “B.” MCHJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, goʻyoki ular rahbarlik qilayotgan MCHJ orqali koʻp qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish toʻgʻrisida yuzaki shartnomalar tuzadi.

Shuningdek, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni vaʼda qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSH dollari va 291 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritadi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.