Xonanda Anvar Sobirov masʼul lavozimga tayinlandi

    Xonanda Anvar Sobirov rasmiy lavozimni egalladi. Bu haqda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi xabar berdi.

    Sobirov Anvar Karimovich - Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Anvar Sobirov - mahallalarda ijodiy jamoalar faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish guruhlariga rahbarlik qiladi.

    Maʼlumot uchun, Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazmda, sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. U bolaligidan Komiljon Otaniyozov nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabining doira boʻlimida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, Urganch musiqa bilim yurtining anʼanaviy ijro boʻlimiga oʻqishga kirgan. Xonanda Toshkentdagi Madaniyat institutini ham bitirgan.