“Hudud” informatsion dasturining maʼlum qilishicha, ayni kunlarda ushbu ish JIB Uchtepa tumani sudida koʻrib chiqilmoqda. Maʼlum qilinishicha, firibgar nafaqat xonandaga balki boshqa shaxslarni ham chuv tushirganlikda gumonlanmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, sudlanuvchi avvaliga xonandaning “gap”iga qoʻshilgan. Soʻngra oʻzini sitrus mevalar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor sifatida koʻrsatib, uning ishonchiga kirgan. U chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bir yuk mashinasidan 25-30 ming foyda olayotganini aytgan. Bunga ishongan Dilfuza Ismoilova “Men ham biznes boshlamoqchi edim, yaxshi reja ekan, pul tikaman” degan. Ular foydani teng boʻlishga kelishgan. Shu tariqa xonanda sudlanuvchining tuzogʻiga tushib qolgan.
Sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi, yaʼni firibgarlik jinoyati boʻyicha sudlangan boʻlgan.