Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 22 Oktabr 2020 2758

    22-oktabr kuni xalq deputatlari Xonobod shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mashʼal Tojiboyev nomzodi shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

    Mashʼal Tojiboyev Andijon shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini, 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan.

    Ish faoliyatini 2003-yilda Andijon viloyat pudrat savdolarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

    Mashʼal Tojiboyev Xonobod shahri hokimi vazifasiga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Uy joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlab kelayotgandi.

    Eslatib oʻtamiz, Xonobod shahrining sobiq hokimi Musaxon Mamadaliyev 29-sentyabr kuni pnevmoniya asoratlari va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kasalligidan vafot etgandi.