Yangi loyihaning umumiy qiymati 47 milliard soʻmni tashkil qiladi.
Tumanning Pahlavonlar mahallasida qad rostayotgan bu yirik korxonada ayni damda qurilish va montaj jarayonlari olib borilmoqda. Bu ishlar deyarli 85 foizga bajarilgan boʻlib, yil oxirlarida ilk mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Korxona sexlariga eng soʻnggi rusmdagi uskunalar oʻrnatiladi.
Korxona ish boshlashi bilan mahalliy yoshlarning 60 nafari ish bilan taʼminlanadi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri