Xonqada yashovchi fuqaro va uning 7 nafar oila a'zosida koronavirus aniqlandi

    Salomatlik 27 Iyun 2020 921

    26 iyun` holatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, nafaqat poytaxtimizda, balki boshqa hududlarda ham aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko'payganining guvohi bo'lish mumkin.

    Kecha 250 holatda kasallik aniqlangan bo'lib, shundan 25 nafari aholi orasida qayd etilgan. Buni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak, Xorazm viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa 1 nafardan.

    Jumladan, Toshkent viloyatida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Qibray tumanida yashovchi S.A.da (tumandagi kolbasa tsexi ishchisi), Parkent tumanida yashovchi G.M.da, ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro J.T.da (har ikki holatda ham profilaktika maqsadida namuna topshirgan) va viloyatdagi “G'ishtko'prik” chegara posti navbatchi epidemiologi M.S.da kasallik aniqlangan.

    SHuningdek, Sirdaryo viloyatida Qozog'iston Respublikasidan qaytgan F.M.da, Buxoro davlat universiteti magistri M.X.da (afg'onistonlik), Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi R.YU. va uning 7 nafar oila a'zosida, Urganch tumanida yashovchi X.X.da, Xazorasp tumanida yashovchi M.R.da (bir necha kun davomida tana harorati ko'tarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus tasdiqlangan.

    Sog'liqni saqlash vazirligi
    Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.