Xususiy korxonada yana bir yirik loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Bu yerda chet el texnologiyalari asosida ekstra navli osh tuzi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Qiymati 45 milliard soʻmni tashkil qiladigan ushbu loyiha amalga oshgach, bu yerda yiliga 35 ming tonna sifatli, yodlangan tuz ishlab chiqariladi.

Hozirda korxonada qurilish jarayoni tez surʼatlarda davom qilmoqda.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri