Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi

    Hukumat 1 Mart 2024 1016

    Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi. Jumladan, import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5-yilga bojxona toʻlovidan ozod qilinadi, qoʻshilgan qiymat soligʻini 180 kunga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi.

    Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5-yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi.

    Sotilgan koʻchmas mulk uchun toʻlov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin boʻladi.

    Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yoʻl xarajatlarini 50 foizi Eksport jamgʻarmasidan qoplab beriladi.