“Xorazm urfiy maqomlari” kitobining taqdimoti oʻtkazildi

    Madaniyat 14 Sentabr 2021 2595

    Bugun Urganch davlat universitetining madaniyat saroyida “Xorazm urfiy maqomlari” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Mazkur kitobda Xorazm vohasida urfga aylangan maqomlar qayta tiklanib, nota yozuvlari hamda ijro namunalari maqom ixlosmandlariga taqdim etilyapti.

    Tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur kitobning yaratilishi va xalqimizning bebaho mulki maqomlarning kelgusi avlodlarga yetkazishdagi ahamiyati xususida toʻxtaldi.

    Taqdimot marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi bosh direktori, professor Soibjon Begmatovlar ishtirok etdi va soʻzga chiqdi, deb xabar beradi Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.