Xorazm va Qoraqalpog'istondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar qolmadi

    Mamlakatimizda 28 Noyabr 2021 998

    Xo'jayli tuman IIB profilaktika inspektori o'z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan.

    Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston respublikasida Mehribonlik uylari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

    Ta'kidlanishicha, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullaev Bolalar uyidan besh nafar tarbiyalanuvchilarni o'z qaramog'iga olgan. Qoraqolpog'istonda Xo'jayli tuman IIB profilaktika inspektori A.Atamurodov o'z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan.

    Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ahmedovlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 6 nafar o'g'il-qizni o'z bag'riga olgan. Qashqadaryo va Farg'ona viloyatida bo'lsa, bir vaqtning o'zida 21 nafar tarbiyalanuvchilar o'z oilasiga ega bo'lishdi.