Xorazm viloyati Bogʻot tumanida IT markazi ochildi

    Raqamlashtirish 13 Oktabr 2020 881

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni koʻzda tutgan “Besh tashabbus”ning uchinchisini amalga oshirish maqsadida Xorazm viloyati Bogʻot tumanida navbatdagi IT markazi ochildi.

    Axborot texnologiyalari markazining tantanali ochilish marosimida Bogʻotda Bosh vazir maslahatchisi, Axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti boshligʻi Olimjon Umarov hamda IT markazlar vakillari ishtirok etdi.

    Bogʻotdagi IT markazi yosh avlodning quyidagi yoʻnalish boʻyicha taʼlim olishi va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarga ega:

    - Kompyuter savodxonligi;

    - Chuqurlashtirilgan MS Office;

    - Veb dasturlash tillari;

    - Grafik va dizayn asoslari;

    - Mobil ilovalarni yaratish;

    - Python dasturlash tili;

    - Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

    - Va Va eSPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.

    Maʼlumot uchun: Hozirgacha mamlakatimizda 53 ta IT markazi ochildi. 2021-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab 203 ta IT markaz ochilishi rejalashtirilgan.