Xorazm viloyatida 12,5 ming iste’molchi elektr taʼminotidan uzildi

    Soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmogʻi 78 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

    Buning natijasida Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan, deya xabar qiladi Energetika vazirligi axborot xizmati.

    Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

    Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.