Xorazm viloyatida ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari ham koʻrib chiqildi

    Hukumat 1 Mart 2024 692

    Hududdagi tugʻruqxonalarni qon tozalash uskunasi bilan toʻliq taʼminlash, xorijiy mutaxassislar ishtirokida akusher-ginekolog, neonatolog, reanimatolog va doyalarni oʻqitish topshirildi.

    Xorazmda avtomobilsozlik, turizm, qishloq xoʻjaligi va baliqchilikda malakali kadrlarga talab oʻsib borayapti.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabida “Pirson” dasturini joriy qilib, oʻquvchilarga “mehmonxona ishi” va “turizm” yoʻnalishida xalqaro malaka berishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    Shuningdek, Urganch universitetida taʼlim yoʻnalishlari maqbullashtirilib, yangi oʻquv dasturlari joriy qilinadi.

    Viloyatdagi poliklinika va shifoxonalar faoliyatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

    Hududdagi tugʻruqxonalarni qon tozalash uskunasi bilan toʻliq taʼminlash, xorijiy mutaxassislar ishtirokida akusher-ginekolog, neonatolog, reanimatolog va doyalarni oʻqitish topshirildi.

    Xonqadagi tibbiyot birlashmasini kompleks qayta qurish loyihasi ishlab chiqilib, 2025-yil davlat dasturiga kiritiladi.