Xorazm viloyatining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

    Mamlakatimizda 25 Iyul 2022 2799

    Oʻzgidromet 25 iyul kuni kutilayotgan ob-havo bilan tanishtirdi.

    Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, shimolda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat 38-43o, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 45o gacha, shimolda 32-37o boʻladi.

    Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43o boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35o boʻladi.

    Muhim hodisalar: 25-28-iyul kunlari davrida togʻlarda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyati togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha: Soʻx, Fargʻona tumanlarida va Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.