Mazkur tadbirda viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirok etib, “Mahalla iftixori” ko'krak nishoniga sazovor bo'lgan, qolaversa o'z vazifasini sidqidildan ado etib kelayotgan xorazmlik mehnat fidoyilarini, soha xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, mukofotlanganlarga “Mahalla iftixori” ko'krak nishoni, uning guvohnomasi va bir martalik pul mukofotlarini topshirdi.

Qolaversa, shu yerning o'zida taqdirlanganlarning barchasiga Qibray tumanida joylashgan “Navbahor” sihatgohida dam olishlari va sog'liqlarini tiklab qaytishlari uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan bepul yo'llanma va sertifikatlar berildi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.