Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 17-aprel kuni soat 16:04 da Xorazm viloyati FVBga Hazorasp tumani, “Temirchi Maskan“ MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:11 da yongʻin joyiga yetib borgan va yongʻin soat 17:10 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo doʻkonining 200 kv.m maydoni yongʻindan saqlab qolingan.
Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmadi, — deyiladi xabarda.









