Xorazmda 40 dan ziyod mahallaga mebel va kompyuter jamlanmalari berildi

    Mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligi oldidan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi tomonidan viloyatdagi 40 dan ziyod mahalla fuqarolar yig'inlariga zamonaviy mebel jihozlari va kompyuter jamlanmalari topshirildi.

    Mebel va kompyuter jamlanmasi uchun fondning 261 million 200 ming so'mlik pul mablag'i yo'naltirildi.

    Bundan tashqari, fond xodimlari tomonidan bayram arafasida Xorazmda istiqomat qilib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash va ularga ham moddiy, ham ma'naviy yordam ko'rsatish maqsadida 20 dan oshiq fuqaroga Toshkent viloyatidagi “Navbahor” sihatgohida davolanib, sog'lig'ini tiklab qaytishlari uchun yo'llanma berilgan bo'lsa, Urganch shahrining Jingavuz mahallasida istiqomat qilayotgan 1-guruh nogironi Xotira Eshchanova, Olimpiya mahallasida istiqomat qilayotgan Nilufar Nurmetova hamda Yuqori-bog' mahallasida istiqomat qilayotgan 2-guruh nogironi Anorgul Samandarova holidan xabar olinib, ularga nogironlar aravachalari topshirildi.

    Bir so'z bilan aytganda, Xorazmda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi, uning tuman va shahar bo'linmalari tomonidan bayram sanasi munosabati bilan saxovat tadbirlari davom ettirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatilmoqda, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.